“MENING BOBOM VA BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI”
Танловлар
Reja:
1.Qarisi bor uyning parisi bor.
2.Mening bobom va buvim-hayotim mazmuni.
3.Bobom va buvim mening faxrim, mahallamizning faxri.
Taajubki, vaqtdan yulib olingan parchani
bizning hayotimiz umr deb ataymiz.
(Stiven Likok)
Hayot! Dunyo yaralibdiki inson yashaydi.Hamisha yurtimiz tinch, farovon va osuda. Men O’zbekistonda tug’ilganman, shu vatanda o’sayotganimdan, buyuk ota-bobolarimiz avlodi ekanimdan boshim ko’kka yetadi. Hamjihatlik,shijoatlik – hammasi o’zbeklarga xos. O’zbek xalqi milliyligi, urf-odatlari bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi. Oila – muqaddas qo’rg’on. Shu to’rt harfdan iborat “O” “I” “L” ”A” so’zining o’zida olam-olam ma’no bor. Oila deganimizda ko’z oldimizga ota-onamiz, opa-singil, aka-uka, bobo-buvilarimiz gavdalanadi. Oilaning asosini asosan mehribon bobo-buvilarimiz tashkil qiladi. Albatta ular borki, hovlimiz gullaydi, dasturxonimiz hamisha to’kin-sochin. Qo’llarini hamisha duoga ochib “Umring uzoq bo’lsin, baxtli kelin, baxtli kuyov” bo’linglar deya yaxshi niyatlar ila bizni doimo ardoqlaydilar. Mustaqillik degan buyuk ne’matga erishganimizdan so’ng hammasi o’zgardi. Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov O’zbekiston aholisitga shunday shart-sharoitlar yaratdiki, uni so’z bilan tariflashga so’z ojizdir.2015-yil 18- fevralda qabul qilingan “Keksalarni e’zozlash yili ‘’ davlat dasturi to’g’risidagi qarori hamda shu yil 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoni millatimizga xos bo’lgan mehr-muruvvat, hurmat va e’zoz umrboqiy an’analarimiz ruhi singdirilgan muhim tarixiy hujjat sifatida tarixda qoladi.
O’zbekning o’zi ajoyib fazilatlari-o’zaro hurmat, saxovatligi, odamgarchiligi,kamtarlligi,bir so’zliligi bilan ajralib turadi. Doimo bobo-buvilarimiz shu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor,yetgazganiga shukr deyishadi. Urush yillarida ko’ksini berib qanchadan-qancha ota-bobolarimiz, buvilarimiz, singillar, opalar qul bo’lishdi. Aksincha bobo-buvilarimiz juda qiyinchilikda voyaga yetishgan. Shu yilgacha bizni hayotga tayyorlashadi. Shukur Xolmirzayev “O’zbeklar” hikoyasida hikoya qahramonlari o’zlari kambag’al yashasa-da bag’ri keng, mehr-oqibatli, bir mayizni qirqqa bo’lib yeydigan tanti insonlar. Ularning ahvoli qiyin bo’lsa ham hayotdan nolimaydi, nima qilib bo’lsa ham hasharchilarning ko’nglini olishga harakat qiladi. Bunday holatni o’z uyimizda ham kuzatganman. Bizning turmushimiz hikoya qahramonlarinikiga o'xshamaydi,albatta. Ammo biz O’zbeklardagi mehr-oqibat degan tushuncha aynan bobo-buvilarimizning ongida rivojlanib bizgacha ,hozirgacha milliy an’ana sifatida qadrlanib kelinadi. Doimo uyimiz fayzi bo’lmish bobo-buvilarimiz bizning yelkadoshimiz. Aytishadi-ku: “Qarisi bor uyning-parisi bor” deb!
Men keksa bobomga razm solaman,
Bir shirin entikib o’yga tolaman
Yurtni deb qavargan bu qadoq qo’llar
Elim deb kezilgan, bu so’qmoq yo’llar,
Bir umr yelkadan tushmagan ketmon ,
Ko’ksada qirqtamas, qirq bir mingta jon
She’r deb yozganimni yuziga surtib,
Nurli chehrasida nurli orzular
Eh, bobo asli siz shoir emasmi?
Ulug’lar mulkiga doir emasmi?
Ona tuproq uzra peshona teri
O’zbek dehqonining eng sara she’ri.
Yana bu hayotda she’rlarning she’ri,
Ona-yurtim degan xitobingiz bor,
Balki yigirma to’rt million, balki ko’p,
Iymon deb atalgan kitobingiz bor!
Mening bobom va buvim orzularim ko’magi, buvim esa qanotidir! Ular hayotim mazmuni. Buvim!
Uning issiq bag’ri, qaynoq tafti, muzlagan yuraklarni eritadi, mehrga chin dildan to’ldiradi. Mening buvim oltita farzandning onasi. olti insonga bab-barobar mehr beradi. U shunday onaki, uning bog’laridagi shirin mevalari-yu, xushbo’y atirgullari xuddi jannatdek! Ona! Hatto payg’ambarlar ham ona tufayli dunyo yuzini ko’rganlar.Necha-necha insonlar buyuk deya tildan qo’ymaydigan ana shu ona poyida bosh egib ,tavof qilishadi.Mening buvim ham mehribon,mohir chevar.Bobomga kelsak,dalaning,bog’larning eng qalin do’sti.Ba’zida bobom she’r o’qiydi ekin maysalar faqat siz bilmaysiz olqish aytsalar!
Aqlli kishi uchun har kuni yangi hayot boshlanadi.Bir kunni chiroyli qilib o’tkazish yashash unchalik og’ir emas ekan deydilar buvim.Ko’pincha bobom:birinchi galda muomalada boshqa kishilar bilan samimiy aloqada bo’lishni bila olsak va o’rgata olsak,bundan ko’ra yuksakroq ezgulikni izlash ortiqchadir.Baxtli yashash uchun baxtni asrash,himoya qilishni bilish kerak deydilar.Ularning yo’l-yo’riqlari bilan to’g’ri bir yo’lni tanlashga harakat qilaman.Agarda,xomush bo’lsam ham menga eng yaqin insonlarim,ya’ni bobom va buvim o’tgan ishga salovat sen hamisha men uchun yangi hayot boshlanadi deb o’zingga ishonch hosil qilgin deyishadi.
O’tayotgan har kun senga so’nggi bor,
Nur sochar ko’rsatib quvonch iltifot,
Sen esa jur’atsiz,miq etmay zinhor,
Bebaho fursatni aylaysan barbod.
Ertangi kun uchun bezovta bo’lmaslik,bugungi kun nafasi bilan yashash mening maqsadim.Biz ilm va qalam qudrati ila jahonni zabt etgan ajdodlarimiz bilan qanchalik faxrlansak,qo’lida shamshir ila Turon erki,istiqlolini himoya qilgan qahramon bobolarimiz jasorati bilan ham shunchalik iftixor qilamiz,g’ururlanamiz.To’maris kabi ayol buyuk jasorat timsoli.Mening bobom ham buvim ham shularning avlodi.Men ular bilan faxrlanaman.Negaki,ular meni har tomonlama ma’naviyat sari olg’a qadam qo’yishimga ko’maklashishadi.
Mahalla-xalq farovonligi,hamjihatligi demakdir.Furqat ,Fitrat,Cho’lpon,Navoiy,Mashrab kabi buyuk insonlarga ko’chalar nomi berilgan.Shuningdek mening mahallam nomi “O’zbekiston”.U juda betakror.Ko’chalari keng toza.Havosi,yo’llari har bir chiqayotgan quyoshigacha o’zgacha.Ta’riflasam so’z qolmaydi.Har tongda erta turib,ko’chalarni ozoda qilib supuradigan,qo’lini ko’ksiga qo’yib salom beradigan kelinchaklar-u iffatli qizlar…
Mana shu maskanda bobom va buvim biz bir oila bo’lib tinch-totuv yashaymiz.Bobom va buvim qo’llaridan kelguncha mahalladagilardan yordamlarini ayashmaydi.Mahallamizdagi insonlar xuddi bobom va buvim kabi kamtar,mehribon kishilar.Bobom va buvim doimo to’g’rilikni qadrlaydilar.Uylarida kutubxonalari bor.Mahallamizdagi barcha yosh-u kattalar shu bobom va buvimning kutubxonalaridagi kitoblardan olib o’qishadi,o’z so’z boyligini,ma’naviyatini oshiradi.Menimcha,men to’ppa-to’g’ri bobom va buvim-mahallamiz faxri,nafaqat oilamiz faxri,balki kelajagimning poydevoridir deya olaman.Mening maqsadim-aniq,yo’lim ravon,vatan yo’lida olg’a qadam tashlayman.
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani
5-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-«G» sinf o'quvchisi Rustamova Dilbar