avatar
Куч
0.00
Рейтинг
0.00

Мақолалар

“MENING BOBOM VA BUVIM MAHALLAMIZ FAXRI”

Танловлар
Reja:
1.Qarisi bor uyning parisi bor.
2.Mening bobom va buvim-hayotim mazmuni.
3.Bobom va buvim mening faxrim, mahallamizning faxri.
  Taajubki, vaqtdan yulib olingan parchani
 bizning hayotimiz umr deb ataymiz.
(Stiven Likok)
        Hayot! Dunyo yaralibdiki inson yashaydi.Hamisha yurtimiz tinch, farovon va osuda. Men O’zbekistonda tug’ilganman, shu vatanda o’sayotganimdan, buyuk ota-bobolarimiz avlodi ekanimdan boshim ko’kka yetadi. Hamjihatlik,shijoatlik – hammasi o’zbeklarga xos. O’zbek xalqi milliyligi, urf-odatlari bilan boshqa davlatlardan ajralib turadi.  Oila – muqaddas qo’rg’on. Shu to’rt harfdan iborat  “O” “I” “L” ”A”  so’zining o’zida  olam-olam ma’no bor. Oila deganimizda ko’z oldimizga ota-onamiz, opa-singil, aka-uka, bobo-buvilarimiz gavdalanadi. Oilaning asosini asosan mehribon bobo-buvilarimiz tashkil qiladi. Albatta ular borki, hovlimiz gullaydi, dasturxonimiz hamisha to’kin-sochin. Qo’llarini hamisha duoga ochib “Umring uzoq bo’lsin, baxtli kelin, baxtli kuyov” bo’linglar deya yaxshi niyatlar ila bizni doimo ardoqlaydilar. Mustaqillik degan buyuk ne’matga erishganimizdan so’ng hammasi o’zgardi. Mamlakatimiz prezidenti Islom Karimov  O’zbekiston aholisitga shunday shart-sharoitlar yaratdiki, uni so’z bilan tariflashga so’z ojizdir.2015-yil 18- fevralda qabul qilingan “Keksalarni e’zozlash yili ‘’ davlat dasturi to’g’risidagi qarori hamda shu yil 6-martdagi “1941-1945-yillardagi urush qatnashchilarini rag’batlantirish to’g’risida”gi farmoni millatimizga  xos bo’lgan mehr-muruvvat, hurmat va e’zoz umrboqiy an’analarimiz ruhi singdirilgan muhim tarixiy hujjat sifatida tarixda qoladi.
     O’zbekning o’zi ajoyib fazilatlari-o’zaro hurmat, saxovatligi, odamgarchiligi,kamtarlligi,bir so’zliligi bilan ajralib turadi. Doimo bobo-buvilarimiz shu kunlarga yetganlar bor, yetmaganlar bor,yetgazganiga shukr deyishadi. Urush yillarida ko’ksini berib qanchadan-qancha ota-bobolarimiz, buvilarimiz, singillar, opalar qul bo’lishdi. Aksincha bobo-buvilarimiz juda qiyinchilikda voyaga yetishgan. Shu yilgacha bizni hayotga tayyorlashadi. Shukur Xolmirzayev “O’zbeklar” hikoyasida hikoya qahramonlari o’zlari kambag’al yashasa-da bag’ri keng, mehr-oqibatli, bir mayizni qirqqa bo’lib yeydigan tanti insonlar. Ularning ahvoli qiyin bo’lsa ham hayotdan nolimaydi, nima qilib bo’lsa ham hasharchilarning ko’nglini olishga harakat qiladi. Bunday holatni o’z uyimizda ham kuzatganman. Bizning turmushimiz hikoya qahramonlarinikiga  o'xshamaydi,albatta. Ammo biz O’zbeklardagi mehr-oqibat degan tushuncha aynan bobo-buvilarimizning ongida  rivojlanib bizgacha ,hozirgacha milliy an’ana sifatida qadrlanib kelinadi. Doimo  uyimiz fayzi bo’lmish    bobo-buvilarimiz bizning yelkadoshimiz. Aytishadi-ku: “Qarisi bor uyning-parisi bor” deb!
Men keksa bobomga razm solaman,
Bir shirin entikib o’yga tolaman
Yurtni deb qavargan bu qadoq qo’llar
Elim deb kezilgan, bu so’qmoq yo’llar,
Bir umr yelkadan tushmagan ketmon ,
Ko’ksada qirqtamas, qirq bir mingta jon
She’r deb yozganimni yuziga surtib,
Nurli chehrasida nurli orzular
Eh, bobo asli siz shoir emasmi?
Ulug’lar mulkiga doir emasmi?
Ona tuproq uzra peshona teri
O’zbek dehqonining eng sara she’ri.
Yana bu hayotda she’rlarning she’ri,
Ona-yurtim degan xitobingiz bor,
Balki yigirma to’rt million, balki ko’p,
Iymon deb atalgan kitobingiz bor!
     Mening bobom va buvim orzularim ko’magi, buvim esa qanotidir! Ular  hayotim mazmuni. Buvim!
Uning issiq bag’ri, qaynoq tafti, muzlagan yuraklarni eritadi, mehrga chin dildan to’ldiradi. Mening buvim oltita farzandning  onasi. olti insonga bab-barobar mehr beradi. U shunday onaki, uning bog’laridagi shirin mevalari-yu, xushbo’y atirgullari xuddi jannatdek! Ona! Hatto payg’ambarlar ham ona tufayli dunyo yuzini ko’rganlar.Necha-necha insonlar buyuk deya tildan qo’ymaydigan ana shu ona poyida bosh egib ,tavof qilishadi.Mening buvim ham mehribon,mohir chevar.Bobomga kelsak,dalaning,bog’larning eng qalin do’sti.Ba’zida bobom she’r o’qiydi ekin maysalar faqat siz bilmaysiz olqish aytsalar!
Aqlli kishi uchun har kuni yangi hayot boshlanadi.Bir kunni chiroyli qilib o’tkazish yashash unchalik og’ir emas ekan deydilar buvim.Ko’pincha bobom:birinchi galda muomalada boshqa kishilar bilan samimiy aloqada bo’lishni bila olsak va o’rgata olsak,bundan ko’ra yuksakroq ezgulikni izlash ortiqchadir.Baxtli yashash uchun baxtni asrash,himoya qilishni bilish kerak deydilar.Ularning yo’l-yo’riqlari bilan to’g’ri bir yo’lni tanlashga harakat qilaman.Agarda,xomush bo’lsam ham menga eng yaqin insonlarim,ya’ni bobom va buvim o’tgan ishga salovat sen hamisha men uchun yangi hayot boshlanadi deb o’zingga ishonch hosil qilgin deyishadi.
                                           O’tayotgan har kun senga so’nggi bor,
                                           Nur sochar ko’rsatib quvonch iltifot,
                                           Sen esa jur’atsiz,miq etmay zinhor,
                                           Bebaho fursatni aylaysan barbod.
Ertangi kun uchun bezovta bo’lmaslik,bugungi kun nafasi bilan yashash mening maqsadim.Biz ilm va qalam qudrati ila jahonni zabt etgan ajdodlarimiz bilan qanchalik faxrlansak,qo’lida shamshir ila Turon erki,istiqlolini himoya qilgan qahramon bobolarimiz jasorati bilan ham shunchalik iftixor qilamiz,g’ururlanamiz.To’maris kabi ayol buyuk jasorat timsoli.Mening bobom ham buvim ham shularning avlodi.Men ular bilan faxrlanaman.Negaki,ular meni har tomonlama ma’naviyat sari olg’a qadam qo’yishimga ko’maklashishadi.
Mahalla-xalq farovonligi,hamjihatligi demakdir.Furqat ,Fitrat,Cho’lpon,Navoiy,Mashrab kabi buyuk insonlarga ko’chalar nomi berilgan.Shuningdek mening mahallam nomi “O’zbekiston”.U juda betakror.Ko’chalari keng toza.Havosi,yo’llari har bir chiqayotgan quyoshigacha o’zgacha.Ta’riflasam so’z qolmaydi.Har  tongda erta turib,ko’chalarni ozoda qilib supuradigan,qo’lini ko’ksiga qo’yib salom beradigan kelinchaklar-u iffatli qizlar…
Mana shu maskanda bobom va buvim biz bir oila bo’lib tinch-totuv yashaymiz.Bobom va buvim qo’llaridan kelguncha mahalladagilardan yordamlarini ayashmaydi.Mahallamizdagi insonlar xuddi bobom va buvim kabi kamtar,mehribon kishilar.Bobom va buvim doimo to’g’rilikni qadrlaydilar.Uylarida kutubxonalari bor.Mahallamizdagi barcha yosh-u kattalar shu bobom va buvimning kutubxonalaridagi kitoblardan olib o’qishadi,o’z so’z boyligini,ma’naviyatini oshiradi.Menimcha,men to’ppa-to’g’ri bobom va buvim-mahallamiz faxri,nafaqat oilamiz faxri,balki kelajagimning poydevoridir deya olaman.Mening maqsadim-aniq,yo’lim ravon,vatan yo’lida olg’a qadam tashlayman.
  Navoiy  viloyati  Qiziltepa tumani 
5-umumiy o'rta ta'lim maktabi 9-«G» sinf o'quvchisi  Rustamova Dilbar             

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri

"9-май Хотира ва қадрлаш куни"
Жамият
                                                                                          Reja:
1.Qarisi bor uyning-parisi bor.
2.Bobomning o’gitlari.
3.Keksa insoni bor xonadon doim bo’lar farovon.
                                                                                                            Har qanday jamiyatning yoshi ulug’
                                                                                                             odamlarga bo’lgan e’tibori va g’am-
                                                                                                              xo’rligi uning madaniy darajasini
                                                                                                              belgilaydi, desak, yanglishmagan bo’-
                                                                                                              lamiz.
                                                                                                                                  Islom Karimov
             Yoshi ulug’larga izzat-ikrom ko’rsatish, ularni ardoqlash xalqimizning ezgu fazilatlari sirasiga kiradi.Ayniqsa,ota-onani hurmatlash, ular keksayganda g’amxo’rlik qilish har bir farzandning insoniy burchi sanaladi.Bu holat Konstitutsiya-mizda ham o’z aksini topgan.                                                                                                                                                                      
             Yurtimizda yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga, ularning sog’lom va barkamol bo’lib yetishishiga katta e’tibor qaratilmoq-da. “Yoshlar bizning kelajagimiz” deymiz.Bu juda to’g’ri fikr.Har bir yurtning, millatning ertasini har jihatdan sog’lom,barkamol yoshlar hal etadi.
              Biroq keksalarimiz ham bizning kelajagimizdir.Chunki keksalik har bir insonning qismatida bor.Bugun qarilik gash-tini surayotgan keksalar ham bundan bir qancha yillar oldin navqiron yigit-qizlar bo’lishgan,bugungi tinch-totuv,farovon kunlarimiz uchun qaysidir ma’noda o’z hissalarini qo’shishgan.
              Shu bois bu yurtda keksalar hamisha izzat-ikromda bo’lib keladilar.Har bir to’y-hasham oldidan kattalardan maslahat so’raladi.Uzoq safarlarga chiqish oldidan,albatta, yoshi ulug’lardan duo olinadi.Davrada keksalar bo’lsa,ulardan oldin taomga qo’l uzatilmaydi,kattalar fotiha o’qimay turib,davradan turib ketilmaydi.
              Biz ham oilada bobom va buvim bilan yashaymiz.Ular bizning oilamiz tayanchi,maslahatgo’yidirlar.Bobom va buvimni Vang’ozida hamma taniydi va hurmat qiladi.Ular ta’lim sohasida faoliyat yuritganlar.Ularning minglab shogirdlari bor,har doim xalq xizmatida yurganlar.Hozirda nafaqa gashtini surmoqdalar.
             Bobom Shavqiyev Savriddin uzoq yillar fuqarolar yig’ini raisi,mahalla oqsoqoli vazifalarida ishlaganlar.Bobom dono, serg’aryat,ishning ko’zini biladigan inson.Nafaqaga chiqqan bo’lasalarda,hozir ham qishloqdoshlar u kishining oldiga maslahat so’rab kelishadi.Mahallada to’y bormi,azami,boringki,har bir masalada bobom bosh-qosh.Bobom har sohada ilg’or ,u kishi bog’dorchilik ishlariga ham qiziqadilar.Har tong sahar turib hovlidagi mo’jizagina bog’da mehnat qiladilar.Hovlida har xil navli daraxtlar,25ga yaqin gul navlari bor.Mahalladoshlarga ham nihollar,gul urug’lari tarqatadilar. Bizlarni ham shu ishlarni o’rganishga da’vat qiladilar.
                Menga bobomning qat’iyatliklari,donoliklari juda yoqadi.Chunki bobom qaysi masalada fikr yuritsalar,shu gaplari to’g’ri chiqadi. Bobom doim biz nabiralarga:”inson hech qachon birovga bog’liq bo’lib qolmasligi kerak,o’z oldiga aniq maqsad qo’yib,shuni ko’zlab harakat qilishi kerak.Insonlarga yordaming tegsin,ammo zararing tegmasin”,-degan gapni ko’p uqtiradilar.
            Buvijonim ham muloyim va bolajon inson.Qishloq ayollari u kishini har doim yo’qlab,maslahat so’rab kelishadi. Buvim juda chevar.U kishi to’qigan,tikkan bezaklar xonamizni bezab turadi.Hayot buvim va bobomni ko’p sinovlardan o’t-kazgan.Men buni onamning hikoyalaridan bilib olganman.Ularning sabr-toqati va matonatlariga doimo qoyil qolaman. Bobom va buvim bor ekanlar,oilamiz doimo tinch-xotirjam.
            Bobom bizga ko’p hikoya va rivoyatlar aytib beradilar.Menga bobomning inson hayoti haqidagi bir rivoyatlari juda yoqadi.Uni tez-tez eslab turaman.Emishki,bir cho’pon sekin-sekin yo’l bosib,dala,tepa-qir oshib,suruv ortidan borarkan, yo’lda bir otaxonning uchratibdi.Salomim javobsiz qolibdi cho’ponning.Qariya na salom beribdi,na alik olibdi-tuyqus savol beribdi:
              — Ey qo’yboqar, huv olisda ko’ringan qishloq nomi nima?
              — Tinchtepa,-deb javob qilibdi cho’pon.
              — Men juda uzoqdan keldim.Yashash uchun joy qidiryapman.Bu qishloq odamlari qanday?
               — Siz yashagan yurt kishilari qanday edi,issiq joyingizni tashlab kelibsiz?
              — Qo’y yaramni yangilama,-deb noliy boshlabdi qariya.-Ularni eslasam …
              — Ovora bo’lib kelibsiz,-debdi cho’pon.-Bu qishloq odamlari ham xuddi yurtingiz kishilaridek…
                     Chol:”Xudoga shukr,yaxshiyam so’raganim,naq baloga duch kelarkanman.Nomini qara-ya,Tinch tepa emish…” deya javray-javray ortiga qaytibdi.
                     Oradan bir hafta o’tibdi.Tasodifni qarang,cho’pon yana o’sha joyda boshqa otaxonga duch kelibdi.Salom beribdi.Otaxon alik olgach,gap boshlabdi:
-          Bolam, uzoq o’lkadan keldim.Yangi joylarni ko’ray,yangi insonlar bilan tanishay,deb chiqdim.Ko’rinib turgan qishloqning oti nima,odamlari qanaqa?
      Cho’pon qishloq nomini aytibdi va quvlik bilan so’rabdi:
— Siz yashagan joyning odamlari qanday,-yaxshimi yoki yomonmi?Agar yaxshi bo’lishsa edi,yurtingizni tashlab  kelmasdingiz …
— Unaqa dema,bolam.Bu olamda ulardan yaxshisi bo’lmasa kerak.Yurtdoshlarim hammasi tilla odamlar,zo’rg’a tashlab keldim.Qani,qishlog’ingdan gapir.
             Cho’ponning yuzida tabassum balqibdi:
— Odam boshqalarga o’zidan o’zidan,qalbidan kelib chiqib baho beradi,o’zi qanday bo’lsa,boshqalarni ham shunday o’ylaydi.Qishloqdoshlarim ham yurtdoshlaringiz bilan bir xil,otaxon.Qishlog’imizgam,qishlog’ingizga xush kelibsiz!
            Rivoyatdan xulosa shuki,sen atrofdagilar bilan qanday munosabatda bo’lsang,senga ham shunday javob qaytadi.aytishadi-ku,”O’zing yaxshi-olam yaxshi”.
            Keksa otaxon-u onaxonlar yonimizda borligi ulu’g ne’mat,duolari esa barokat ekanini his etib yashashimiz va ularning hurmatlarini joyiga qo’yish burchimiz.
           Keksalarimiz hayot tajribalarini yoshlarga o’rgatib,ko’rgan-kechirganlarini so’zlab,nasihatlarini aytib yashashlariga imkon berishimiz zarur.Shunda ular jamiyat uchun kerakli inson ekanliklarini anglashadi,yashash uchun umidlari kuchayadi.Qarisi bor uyning-parisi bo’ladi.Zero,keksalar duosini olganlarning martabasi doim ulug’ bo’ladi,xonadonlari fayzga to’ladi. 
                 8-“a”sinf o’quvchisi
                 Davronova Munisaning
                 yozgan inshosi.
 
                Navoi viloyati Qiziltepa tumani 5-maktab 

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri (Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi. )

Танловлар
Mening bobom va buvim mahallamiz faxri .
                             Insho.
                 Reja:
1 Keksalarni e’zozlash burchimiz
2 Qarisi bor uy fayzli uy
3Qariyalar duosi, oltindan qimmat
          Koinot gultoji insondir azal,
          Undadir eng oliy tafakkur,  amal.
          Hatto u tubanlik ichra ham tanho,
           Ey  falak ijodining buncha mukammal
 
Inson kir bir daryodir. Kir daryoni ifloslashtirmasdan ichiga olish uchun dengiz bo’lish kerak. Ustun inson mana shu dengizdir. Inson bir junboq. U matematik tenglamada noldan so`ngsizlikka qadar barcha qiymatlarning  timsoli bo`la oladi.
       Shuni aytishimiz joizki, keksalarni e’zozlash, ularga mehr ko`zi bilan qadrlash ham bir insonparvarlik.
 Mana shu yili yurt boshimiz tomonlaridan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash” yili deb e`lon qilindi.
       Aynan mana shu yili keksalarga ehtirom ko`rsatib, hurmat qilish fikrimning yaqqol dalilidir. Aynan shu yili “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin “ degan shiori ostida keksalarni tibbiyot bo`yicha davolash  yigirma nafar Ikkinchi jahon urush ishtirokchilari,172nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar ham tibbiyot  ko`riklaridan o`tkazildi.Qarilik bir tog`ga tirmashishga o`xshaydi:chiqach charchog`imiz ortadi. Keksalar go`yo nurli va serqirra quyosh kabi.Chunki ularning so`zlari yulduzlar kabi yorug`,yulduzlarini esa sof osmonga qiyoslasak, ko`gilari esa oy kabi pokiza.Shuning uchun ham ularning ardoqlaymiz.Keksalarning  og`irlarini yengil qilishimiz, uy ishlarida yordam berish ham ularni qadrlash hisoblanadi.Ularning mehnat qilganliklarini yuzlaridagi ajinlaridan bilamiz. Bu ajinlar tushganining sababi, o`z farzandlari  deb jon kuydiradilar,ularning kekajak hayotini o`ylab, kun-u tun mehnat terlariga botishadi. Ba`zilar esa ota-onasi shuncha sharoit yaratib bersada, farzandlari ota-onasiga o`z hukmini o`tkazadi. Bunday qilmasligi uchun ota-onalar bobo-buvilar o`z farzandlarini taltaytirib yubormasliklari kerak. Mana shunda ular o`z e`tiqodini qadrlaydi.
        Qarishning yuzimizdagi ajinlardan ko`ra aqilimizga tushirgan ajinlaridan qo`rqish kerak. Keksa daraxtni yeridan qo`zg`atish, uni o`ldirish demakdir.Chunki daraxt yoshligidan o`sha yerga o`tqaziladi,u  o`sib, o`sha yerning yaxshi-yomonini anglaydi. O`sha tubroqni sevib, ardoqlaydi.U keksa bo`lganidanidan keyin joyidan qo`zg`atib uni bezovta qilishsa, uni o`ldirish hisoblanadi.Inson ham mana shu daraxtdek chidamli va baquvvat bo`ladi, ammo keksaygach, uni hafa, rozi qilish kerak.Hayotidan rozi bo`lgan keksalar hayotining oxirigacha ko`zlari chaqnaydi. Darhaqiqat,xalqimizda shunday maqol bor: “Qarisi bor uyning –parisi bor.” Ha albatta, Keksalari  bor uyida qut-baraka arimaydi.Yoshligimda shu maqolni eshitib,qarilari bor uyda, parilar izg`ib yurar ekan,deb o`ylardim .Uulg`ayganim sari bu fikrlar o`zgardi. Mana hozir bobomni –buvimni ko`rishga borsam,ularning uylari har tomonlama to`lib fayzli bo`lib turadi.U yerga bordim deguncha, xursand bo`laman. Bobom va buvimni mahalladagi hamma hurmat qilib, oydinlik  kirgizishadi. Bir kuni qishloqdagi  bir xonadagi janjal ko`tarildi. Mahalladan bir odam  kelib ,bobomga .Bobom va mahalla raisi borib ularni yarashtirib qo`yishdi. Shunda o`ylab qoldim, yaxshi, insonlar bo`lishi, juda yaxshi. Qaranki,keksalar bor uyda tinchlik hukmronlik qilar ekan. Bobom 1940-yil 2-martda tug`ilganlar. Bobom 1965-yili Buxoro Pedagogika institutida hamda 1980-yil Toshkent Qishloq xo`jaligi institutida tamomlaganlar. Hozirda “Qiziltepa tongi” gazetasi bosh muharriri. O`zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a`zosi. “Kichik qalamning og`ir yuki “,”Ezgulik yo`li”va boshqa kitoblar adibi.Eng qizig`I shundaki, 2009-yil Xalqaro”Oltin qalam” Milliy mukofot sovrindori va “Vatan-aziz, jasorat-mangu” Respublika tanlovi g`olibi. Har safar bu mufokotlarni ko`rganimda bobomga havas qilaman. Men ham bobom kabi 10-yoshimdan she`rlarim har xil gazetalarda chop etildi. Kitoblarim nashr etildi. Bundan faxrlanaman. Men ham kelajakda “Zulfiya” nomidagi mukofot sovrindori bo`lishni xohlayman. Bu orzuyim ushalishi uchun bobom kabi ko`p kitob ilm sari intilishim kerak. Bobomning uylaridagi kitob javonlariga qarasam, hamma joy kitoblar bilan to`lib-toshib yotibdi. Bobomva buvim menga:”Kitoblar sinmaydi,buzilmaydi, undan dunyo ilmlarini olish mumkin”,-deydilar. Kitoblarim menga yetadigan darajada buyuk bir qirollikdir deb o`ylayman.Bobomga atab  bir sher yozganman.
                                       Sizday ilimga chanqoq
                                       Bo’lsam deyman bobojon
                                        Dono va aqllisiz
                                         Mehribonsiz bobojon
                                           Derman hech xafa bo’lmang
                                          Doimo kulib turing
                                          Bizlarning baxtimizga
                                          Sog’-omon bo’lib yuring.
Bobom va buvim menga juda ham ko’p pand-nasihatlar,hikoyalar aytib beradilar.Bobom menga ko’pincha shunday deydilar:”Kuchli inson yengildimi,bu mag’lubiyatning uning uchun yangi kurashlarga yo’ ochgan bir eshikdir.”Bobom yosh bola bo’lganlarida mag’lubiyatga uchrabdilar,shu paytda mag’lubiyatdan hech ham xafa bo’lmay yanada ko’proq o’qishlarini tushunibdilar.Negadir men bobom va buvimning hayotlarini eshitishga qiziqaman.Sababini esa tushunolmayman.Bobom va buvim ko’pincha menga urush yillaridagi voqealarni so’zlab beradilar.Qanday qiyinchiliklar bo’lganligi haqida aytadilar.
       O’sha paytdagi odamlarning uylarida oddiygina telivizor bo’lmaganligi tufayli telivizori bor uylarga qoshnilar kirib ko’rishar ekan.Ayni paytda texnalogiya rivojangan .Elektr chiroqlaridan boshlab, kompyuterlargacha hamma-hammasi texnika sohasining rivojlangandandir.Ba’zilar esa mana shu sharoitdan oqilona foydalana olmayapti.
      Bobom va buvimning nasihatlari kayfiyatimni ko’tarishga yordam beradi.Nasihat dunyoning eng qimmat baho gavhari qadar qiymatli bo’lgani holda, aksaryat juda arzonga sotiladi.Bobomga yigirmata nevara bo’lsak,hammamizga birdek nasihatlar ogitlar aytib tarbiyaga chorlaydilar.Qanday qiyinchilik ko’rganliklari haqida gapirib beradilar.Qiyinchiliklar hayotimizning qaynoq toshidir, ularga surkalib-surkalib o’tkirlashamiz.
        Qiyinchilikdan qutulishning yagona yo’li u bilan kurashmoqdir.Men hozir ham bobom va buvimning issiq-sovuqlaridan xabar olaman.
          Bir kuni yo’lda ketayotganimda bir keksa ayolni ko’rib qoldim.Qollarida og’ri yuk.U kishiga achinib, darrov borib yuklarini oldim va uylarigacha eltib berdim.Shunda qariya hayotlarini gapirib berdilar.  Uylariga borgach,meni duo qildilar.Men bundan xursand bo’ldim.Keksa ayolning aytishlaricha, u kishining hech kimlari yo’q ekan.Shu tufayli u kishining bir o’zlari yashar ekanlar.Qo’shnilari hol-ahvollaridan xabar olmas ekan,ammo bir yosh oila u kishiga mehribonchilik qilar ekan, go’yo o’z farzandlaridek.Yaxshi qo’shni bo’lish faqatgina qo’shnisiga ozor bermaslik emas balki u yetkazgan aziyatlarga sabr qilishdir.Qo’shningni sev,orangizdagi bog’ devorini aslo buzma.Eng qizig’I shundaki yaxshi qo’shniga qariya barcha mol-mulkini beribdi.Buni eshitgan boshqa qo’shnilar qariyaning yoniga kelib,uzur so’rashibdi.Bu albatta pul tufayli.Agar boylikni biz boshqarsak,ozod va boy bo’lamiz:boyligimiz bizni boshqarsa haqiqiy qashshoq bo’lamiz.
            Bobom va buvim ham meni har doim duo qiladilar.Xalqimizda shunday maqol bor:”Oltin olma, duo ol”.Shuni aytish kerakki,duo oltindan ham bebaho.Men har doim bobom va buvim bilan dasturxon atrofida o’tirganimizda,bobom duo qiladilar yoki maktabga ketayotganimda bobom menga:”Kuning omadli bo’lsin,oy borib, omon qayt”,-deydilar.Bu duolari har doim amalga oshgan.Bobom va buvim agarda,yaxshi o’qisang,hamma tilaklaring amalga oshadi deydilar.
                                            Keksalarning olib duosin,
                                            Ko’zlarimiz baxtladan porlasin.
                                            Yuzlarida mudom tabassum-
                                            Bo’lsin,bobo,buvijonlarning
 
                                             Yo’qolmasin mehr-oqibat
                                             Qilaylik xo’p xayru soxovat.
                                             Tilaklari hardam ijobat,
                                             Bo’lsin,bobo,buvijonlarning. 
Aziz tengdoshklar!
      Har birimiz keksalarning qadriga yetaylik, ularga ehtirom ko’rsataylik va duolarini olaylik.Ularning ogitlari komillikka yetkazishini anglashimiz kerak.
                                Komillik-insoniylikka yetkazuvchi fazilat.
8-”a” sinf o’quvchisi
Rahimova Ulfatbegimning
Yozgan inshosi
Navoi viloyati Qiziltepa tuman
 
5-maktab.       

Mening bobom va buvim mahallamiz faxri (Navoiy viloyati, Qiziltepa tumani, 5-umumiy o'rta ta'lim maktabi. )

Маънавият
Mening bobom va buvim mahallamiz faxri. Insho. Reja: 1 Keksalarni e’zozlash burchimiz 2 Qarisi bor uy fayzli uy 3Qariyalar duosi, oltindan qimmat Koinot gultoji insondir azal, Undadir eng oliy tafakkur, amal. Hatto u tubanlik ichra ham tanho, Ey falak ijodining buncha mukammal Inson kir bir daryodir. Kir daryoni ifloslashtirmasdan ichiga olish uchun dengiz bo’lish kerak. Ustun inson mana shu dengizdir. Inson bir junboq. U matematik tenglamada noldan so`ngsizlikka qadar barcha qiymatlarning timsoli bo`la oladi. Shuni aytishimiz joizki, keksalarni e’zozlash, ularga mehr ko`zi bilan qadrlash ham bir insonparvarlik. Mana shu yili yurt boshimiz tomonlaridan 2015-yil “Keksalarni e`zozlash” yili deb e`lon qilindi. Aynan mana shu yili keksalarga ehtirom ko`rsatib, hurmat qilish fikrimning yaqqol dalilidir. Aynan shu yili “Hech kim mehr va e`tibordan chetda qolmasin “ degan shiori ostida keksalarni tibbiyot bo`yicha davolash yigirma nafar Ikkinchi jahon urush ishtirokchilari,172nafar front ortida mehnat qilgan faxriylar ham tibbiyot ko`riklaridan o`tkazildi.Qarilik bir tog`ga tirmashishga o`xshaydi:chiqach charchog`imiz ortadi. Keksalar go`yo nurli va serqirra quyosh kabi.Chunki ularning so`zlari yulduzlar kabi yorug`,yulduzlarini esa sof osmonga qiyoslasak, ko`gilari esa oy kabi pokiza.Shuning uchun ham ularning ardoqlaymiz.Keksalarning og`irlarini yengil qilishimiz, uy ishlarida yordam berish ham ularni qadrlash hisoblanadi.Ularning mehnat qilganliklarini yuzlaridagi ajinlaridan bilamiz. Bu ajinlar tushganining sababi, o`z farzandlari deb jon kuydiradilar,ularning kekajak hayotini o`ylab, kun-u tun mehnat terlariga botishadi. Ba`zilar esa ota-onasi shuncha sharoit yaratib bersada, farzandlari ota-onasiga o`z hukmini o`tkazadi. Bunday qilmasligi uchun ota-onalar bobo-buvilar o`z farzandlarini taltaytirib yubormasliklari kerak. Mana shunda ular o`z e`tiqodini qadrlaydi. Qarishning yuzimizdagi ajinlardan ko`ra aqilimizga tushirgan ajinlaridan qo`rqish kerak. Keksa daraxtni yeridan qo`zg`atish, uni o`ldirish demakdir.Chunki daraxt yoshligidan o`sha yerga o`tqaziladi,u o`sib, o`sha yerning yaxshi-yomonini anglaydi. O`sha tubroqni sevib, ardoqlaydi.U keksa bo`lganidanidan keyin joyidan qo`zg`atib uni bezovta qilishsa, uni o`ldirish hisoblanadi.Inson ham mana shu daraxtdek chidamli va baquvvat bo`ladi, ammo keksaygach, uni hafa, rozi qilish kerak.Hayotidan rozi bo`lgan keksalar hayotining oxirigacha ko`zlari chaqnaydi. Darhaqiqat,xalqimizda shunday maqol bor: “Qarisi bor uyning –parisi bor.” Ha albatta, Keksalari bor uyida qut-baraka arimaydi.Yoshligimda shu maqolni eshitib,qarilari bor uyda, parilar izg`ib yurar ekan,deb o`ylardim .Uulg`ayganim sari bu fikrlar o`zgardi. Mana hozir bobomni –buvimni ko`rishga borsam,ularning uylari har tomonlama to`lib fayzli bo`lib turadi.U yerga bordim deguncha, xursand bo`laman. Bobom va buvimni mahalladagi hamma hurmat qilib, oydinlik kirgizishadi. Bir kuni qishloqdagi bir xonadagi janjal ko`tarildi. Mahalladan bir odam kelib ,bobomga .Bobom va mahalla raisi borib ularni yarashtirib qo`yishdi. Shunda o`ylab qoldim, yaxshi, insonlar bo`lishi, juda yaxshi. Qaranki,keksalar bor uyda tinchlik hukmronlik qilar ekan. Bobom 1940-yil 2-martda tug`ilganlar. Bobom 1965-yili Buxoro Pedagogika institutida hamda 1980-yil Toshkent Qishloq xo`jaligi institutida tamomlaganlar. Hozirda “Qiziltepa tongi” gazetasi bosh muharriri. O`zbekiston Jurnalistlar ijodiy uyushmasi a`zosi. “Kichik qalamning og`ir yuki “,”Ezgulik yo`li”va boshqa kitoblar adibi.Eng qizig`I shundaki, 2009-yil Xalqaro”Oltin qalam” Milliy mukofot sovrindori va “Vatan-aziz, jasorat-mangu” Respublika tanlovi g`olibi. Har safar bu mufokotlarni ko`rganimda bobomga havas qilaman. Men ham bobom kabi 10-yoshimdan she`rlarim har xil gazetalarda chop etildi. Kitoblarim nashr etildi. Bundan faxrlanaman. Men ham kelajakda “Zulfiya” nomidagi mukofot sovrindori bo`lishni xohlayman. Bu orzuyim ushalishi uchun bobom kabi ko`p kitob ilm sari intilishim kerak. Bobomning uylaridagi kitob javonlariga qarasam, hamma joy kitoblar bilan to`lib-toshib yotibdi. Bobomva buvim menga:”Kitoblar sinmaydi,buzilmaydi, undan dunyo ilmlarini olish mumkin”,-deydilar. Kitoblarim menga yetadigan darajada buyuk bir qirollikdir deb o`ylayman.Bobomga atab bir sher yozganman. Sizday ilimga chanqoq Bo’lsam deyman bobojon Dono va aqllisiz Mehribonsiz bobojon Derman hech xafa bo’lmang Doimo kulib turing Bizlarning baxtimizga Sog’-omon bo’lib yuring. Bobom va buvim menga juda ham ko’p pand-nasihatlar,hikoyalar aytib beradilar.Bobom menga ko’pincha shunday deydilar:”Kuchli inson yengildimi,bu mag’lubiyatning uning uchun yangi kurashlarga yo’ ochgan bir eshikdir.”Bobom yosh bola bo’lganlarida mag’lubiyatga uchrabdilar,shu paytda mag’lubiyatdan hech ham xafa bo’lmay yanada ko’proq o’qishlarini tushunibdilar.Negadir men bobom va buvimning hayotlarini eshitishga qiziqaman.Sababini esa tushunolmayman.Bobom va buvim ko’pincha menga urush yillaridagi voqealarni so’zlab beradilar.Qanday qiyinchiliklar bo’lganligi haqida aytadilar. O’sha paytdagi odamlarning uylarida oddiygina telivizor bo’lmaganligi tufayli telivizori bor uylarga qoshnilar kirib ko’rishar ekan.Ayni paytda texnalogiya rivojangan .Elektr chiroqlaridan boshlab, kompyuterlargacha hamma-hammasi texnika sohasining rivojlangandandir.Ba’zilar esa mana shu sharoitdan oqilona foydalana olmayapti. Bobom va buvimning nasihatlari kayfiyatimni ko’tarishga yordam beradi.Nasihat dunyoning eng qimmat baho gavhari qadar qiymatli bo’lgani holda, aksaryat juda arzonga sotiladi.Bobomga yigirmata nevara bo’lsak,hammamizga birdek nasihatlar ogitlar aytib tarbiyaga chorlaydilar.Qanday qiyinchilik ko’rganliklari haqida gapirib beradilar.Qiyinchiliklar hayotimizning qaynoq toshidir, ularga surkalib-surkalib o’tkirlashamiz. Qiyinchilikdan qutulishning yagona yo’li u bilan kurashmoqdir.Men hozir ham bobom va buvimning issiq-sovuqlaridan xabar olaman. Bir kuni yo’lda ketayotganimda bir keksa ayolni ko’rib qoldim.Qollarida og’ri yuk.U kishiga achinib, darrov borib yuklarini oldim va uylarigacha eltib berdim.Shunda qariya hayotlarini gapirib berdilar. Uylariga borgach,meni duo qildilar.Men bundan xursand bo’ldim.Keksa ayolning aytishlaricha, u kishining hech kimlari yo’q ekan.Shu tufayli u kishining bir o’zlari yashar ekanlar.Qo’shnilari hol-ahvollaridan xabar olmas ekan,ammo bir yosh oila u kishiga mehribonchilik qilar ekan, go’yo o’z farzandlaridek.Yaxshi qo’shni bo’lish faqatgina qo’shnisiga ozor bermaslik emas balki u yetkazgan aziyatlarga sabr qilishdir.Qo’shningni sev,orangizdagi bog’ devorini aslo buzma.Eng qizig’I shundaki yaxshi qo’shniga qariya barcha mol-mulkini beribdi.Buni eshitgan boshqa qo’shnilar qariyaning yoniga kelib,uzur so’rashibdi.Bu albatta pul tufayli.Agar boylikni biz boshqarsak,ozod va boy bo’lamiz:boyligimiz bizni boshqarsa haqiqiy qashshoq bo’lamiz. Bobom va buvim ham meni har doim duo qiladilar.Xalqimizda shunday maqol bor:”Oltin olma, duo ol”.Shuni aytish kerakki,duo oltindan ham bebaho.Men har doim bobom va buvim bilan dasturxon atrofida o’tirganimizda,bobom duo qiladilar yoki maktabga ketayotganimda bobom menga:”Kuning omadli bo’lsin,oy borib, omon qayt”,-deydilar.Bu duolari har doim amalga oshgan.Bobom va buvim agarda,yaxshi o’qisang,hamma tilaklaring amalga oshadi deydilar. Keksalarning olib duosin, Ko’zlarimiz baxtladan porlasin. Yuzlarida mudom tabassum- Bo’lsin,bobo,buvijonlarning Yo’qolmasin mehr-oqibat Qilaylik xo’p xayru soxovat. Tilaklari hardam ijobat, Bo’lsin,bobo,buvijonlarning. Aziz tengdoshklar! Har birimiz keksalarning qadriga yetaylik, ularga ehtirom ko’rsataylik va duolarini olaylik.Ularning ogitlari komillikka yetkazishini anglashimiz kerak. Komillik-insoniylikka yetkazuvchi fazilat. 8-”a” sinf o’quvchisi Rahimova Ulfatbegimning Yozgan inshosi Navoi viloyati Qiziltepa tuman 5-maktab.